11/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 3,6 ming tonna piyoz eksport qilindi. Eksport qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi.

 Viloyatda yetishtirilayotgan sifatli piyoz mahsulotlarining tashqi bozorlarda xaridorgirligi ortib borayotgani eksport ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topmoqda. Mahsulotning raqobatbardoshligi va eksport geografiyasining kengayishi ushbu yo‘nalishdagi ijobiy natijalarga xizmat qilmoqda.

 Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan piyoz eksporti hajmi 0,3 ming tonnaga ko‘paydi. Bu esa viloyatning eksport salohiyati izchil rivojlanayotganini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlayotganini ko‘rsatadi.