11/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Dang‘ara tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 403,4 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga oshgan bo‘lib, tumanda xizmatlar sohasining izchil rivojlanayotganini va iqtisodiy faollikning ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 Xizmatlar tarmog‘ining kengayishi aholi uchun qulay va sifatli xizmatlar ko‘lamini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Bugungi kunda xizmatlar sohasi hudud iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri sifatida nafaqat aholi turmush darajasini yaxshilash, balki investitsion jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.