11/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Qo‘shtepa tumanida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 596,6 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 52,1 foizni tashkil etgani Qo‘shtepa tumanining xalqaro investorlar uchun jozibador hududga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

 Investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari quyidagicha shakllandi:

 xorijiy investitsiyalar va kreditlar — 52,1 %

 tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 35,5 %

 aholi mablag‘lari — 8,1 %

 korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 4,2 %

 respublika budjeti mablag‘lari — 0,1 %

 Investitsiya faolligining yuqori sur’atlarda davom etayotgani tumanda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omildir.