11/06/2026

 2025/2026-o‘quv yili boshida Farg‘ona viloyati umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida (o‘rindoshlarsiz) faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 60,6 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024/2025-o‘quv yili boshiga nisbatan 1,3 ming nafarga yoki 2,2 foizga ko‘paygan.

 O‘qituvchilarning umumiy tarkibida ayollar ulushi 77,2 foiz, erkaklar ulushi esa 22,8 foizni tashkil etgan.

 Ayol o‘qituvchilar soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 1,5 ming nafarga yoki 3,3 foizga oshib, 46,8 ming nafarga yetgan. Erkak o‘qituvchilar soni esa 0,2 ming nafarga yoki 1,5 foizga kamayib, 13,8 ming nafarni tashkil qilgan.

 Hududlar kesimida o‘qituvchilar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona shahrida — 4,6 ming nafar va Buvayda tumanida — 4,2 ming nafar etib qayd etilgan.

 Nisbatan past ko‘rsatkichlar esa Quvasoy shahrida — 1,3 ming nafar, So‘x tumanida — 1,5 ming nafar hamda Yozyovon tumanida — 1,9 ming nafar o‘qituvchini tashkil etgan.