15/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Oltiariq tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 167,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 41,3 foizlik ulushi tumanda amalga oshirilayotgan loyihalarga xalqaro investorlarning qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida aholi mablag‘lari 24,0 foiz, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 19,4 foiz, tijorat banklari kreditlari hamda boshqa qarz mablag‘lari 11,3 foiz va respublika budjeti mablag‘lari 4,0 foiz ulushni egalladi.

 Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tuman iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.