15/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Marg‘ilon shahrida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 684,0 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 77,0 foiz ulushga ega bo‘lishi shahar iqtisodiyotiga xalqaro hamkorlar va investorlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotganidan dalolat beradi.

 Moliyalashtirish manbalari tarkibida aholi mablag‘lari 6,6 foiz, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 6,4 foiz, tijorat banklari kreditlari hamda boshqa qarz mablag‘lari 11,3 foizni tashkil etdi. Shuningdek, respublika budjeti mablag‘larining ulushi 6,9 foizni, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari esa 0,7 foizni tashkil qildi.