15/06/2026

2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona viloyatida jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida ishlab chiqaradigan sanoat asosiy o‘rinni egalladi. Ushbu tarmoqda 16 779,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, jami sanoat hajmining 91,8 foizini tashkil etdi.

 Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning ulushi 19,7 foizga teng bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 109,5 foizni tashkil etib, barqaror o‘sish kuzatildi.

 Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari ishlab chiqarish sanoatning yana bir muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishning ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 11,8 foizni tashkil etdi. Fizik hajm indeksi esa o‘tgan yilning yanvar–aprel oylariga nisbatan 92,8 foizni qayd etdi.