16/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatida Furqat tumani aholisi 132 783 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga oshgan bo‘lib, tumanda demografik o‘sishning barqaror davom etayotganidan dalolat beradi.

Aholi tarkibida erkaklar soni 67 313 nafarni, ayollar soni esa 65 470 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa tumanda gender muvozanati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Hudud aholisi asosan shaharlarda istiqomat qiladi. Jumladan, 31 904 nafar fuqaro shahar joylarda 100 879 nafar fuqaro esa qishloq hududlarida yashaydi.

Joriy yilning yanvar–mart oylarida tumanda 711nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shu davrda 139 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida tumanga 128 nafar fuqaro ko‘chib kelgan, 148 nafar fuqaro esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.