Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 927,7 milliard so‘mni tashkil etdi.
Investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 84,0 foizlik ulushni egallashi Quvasoyning investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Bu esa shaharda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini kengaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Moliyalashtirish manbalari tarkibida aholi mablag‘lari 6,5 foiz, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 2,9 foiz, tijorat banklari kreditlari hamda boshqa qarz mablag‘lari 3,5 foiz ulushni egalladi. Respublika budjeti mablag‘lari esa jami investitsiyalarning 2,4 foizini, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari esa 0,7 foizni tashkil etdi.




