2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona shahri iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2 trillion 552,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich hududda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan ishlar ko‘lamining ortib borayotganidan dalolat beradi.
Jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar 83,3 foiz ulush bilan asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.
Moliyalashtirish manbalari tarkibida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 7,3 foiz, tijorat banklari kreditlari hamda boshqa qarz mablag‘lari 5,3 foiz, aholi mablag‘lari 2,6 foiz ulushni egallagan. Shuningdek, respublika budjeti mablag‘lari 1,2 foiz, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari esa 0,3 foizni tashkil etgan.




