2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 39,2 mingtani tashkil etdi.
Shundan 32,6 mingta yoki 83,1 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025-yilning mos davriga nisbatan korxona va tashkilotlar sonining o‘sish sur’ati 106,7 foizni tashkil etdi. Kichik biznes va mikrofirmalar sonida esa o‘sish yanada yuqori bo‘lib, 107,8 foizga yetdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ko‘payib borayotgani hududda ishbilarmonlik muhitining yaxshilanayotgani, yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani hamda iqtisodiy faollikning oshib borayotganidan dalolat beradi.
Korxonalar sonining barqaror o‘sishi viloyat iqtisodiyotining diversifikatsiyalashuvi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.




