25/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Toshloq tumanida faoliyat yuritayotgan 84 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 242,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 171,3 foizni tashkil etib, qurilish sohasida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilganini ko‘rsatdi.

 Bajarilgan qurilish ishlari tarkibida:

 Kichik korxona va mikrofirmalar — 132,6 milliard so‘m;

 Norasmiy sektor — 74,5 milliard so‘m;

 Yirik qurilish korxonalari — 35,7 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Qurilish ishlari hajmida kichik biznes subyektlarining yetakchi o‘rinni egallashi hududda tadbirkorlik faolligi ortib borayotganini hamda qurilish sohasining iqtisodiy rivojlanishdagi muhim o‘rnini namoyon etmoqda.