25/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Dang‘ara tumanida faoliyat yuritayotgan 71 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 221,0 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 149,5 foizni tashkil etib, qurilish sohasida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilganini ko‘rsatdi.

 Bajarilgan qurilish ishlari tarkibida:

 Kichik korxona va mikrofirmalar — 105,6 milliard so‘m;

 Norasmiy sektor — 20,6 milliard so‘m;

 Yirik qurilish korxonalari — 94,8 milliard so‘mni tashkil etdi.