26/06/2026

2026-yil 1-iyun holatiga Yozyovon tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 963 tani tashkil etdi. Shundan faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 440 ta, yangi tashkil etilgan korxonalar soni esa 188 ta miqdorida qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:

- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 114 ta

- Sanoat – 233 ta

- Qurilish - 120 ta

- Savdoda – 553 ta

- Tashish va saqlash – 29 ta

- Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 53 ta

- Axborot va aloqa – 11 ta

- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 43 ta

- Boshqa turdagi xizmatlar – 284 taga to‘g‘ri keldi.