26/06/2026

Har yili 26-iyun sanasi dunyo bo‘ylab Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida belgilangan.

Giyohvandlik inson salomatligi, oila farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi muammolardan biridir. Narkotik moddalarga qaramlik inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ruhiy va jismoniy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, giyohvandlik jinoyatchilik, ishsizlik, oilaviy nizolar va boshqa ko‘plab ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradi.