Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida akademik litseylarda tahsil olayotgan 2 339 nafar o‘quvchining o‘qitilish tili bo‘yicha taqsimoti quyidagicha shakllangan:
O‘zbek tilida tahsil olayotganlar – 2 112 nafar
Rus tilida tahsil olayotganlar – 227 nafar
Hududlar kesimida:
Farg‘ona shahri
O‘zbek tilida – 1 739 nafar
Rus tilida – 227 nafar
Qo‘qon shahri
O‘zbek tilida – 373 nafar
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, akademik litseylarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy qismi o‘zbek tilida tahsil olmoqda. O‘zbek tilida ta’lim olayotganlarning ulushi 90,3 foizni, rus tilida ta’lim olayotganlarning ulushi esa 9,7 foizni tashkil etadi.




