29/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Sizlarni 2026-yil 30-iyun kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif etadi.

 Matbuot anjumani mavzulari:

- Farg‘ona viloyatida xizmatlar sohasining 2026-yil yanvar–may oylari yakunlari bo‘yicha asosiy statistik ko‘rsatkichlari;

- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda 2026-yil yanvar–may oylarida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlili.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.

Barcha OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarni mazkur matbuot anjumanida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

 (Мanzil: Farg‘ona shahar, Oq yo‘l ko‘chasi 104 A- uy, mo‘ljal: viloyat Hududgaz idorasi yonida)