Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi texnikum va pilotexnikumlarda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 18,9 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelgan.
Viloyatdagi texnikum va politexnikumlarda jami 59 610 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 27 245 nafari qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ta’lim jarayonida 3 151 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 1 948 nafari ayollardan iborat.
O‘quvchilar va o‘qituvchilar nisbati ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda individual yondashuv imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil hisoblanadi.
Texnikum va politexnikumlarda yaratilayotgan sharoitlar yoshlarning sifatli kasbiy ta’lim olishi va kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.




