29/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi texnikum va politexnikumlarda jami 59 610 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

 O‘quvchilarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

 15 yosh va undan kichiklar – 228 nafar

 16 yoshdagilar – 18 315 nafar

 17 yoshdagilar – 15 033 nafar

 18 yoshdagilar – 6 433 nafar

 19 yoshdagilar – 19 601 nafar

 Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, texnikum va politexnikumlarda tahsil olayotganlarning asosiy qismini 16 va 19 yoshdagi o‘quvchilar tashkil etmoqda.

 Texnikum va politexnikumlar yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutib, ularning mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.