29/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi texnikumlar va politexnikumlarda jami 59 610 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

 O‘quvchilar o‘qitiladigan tillar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 O‘zbek tilida – 59 330 nafar

 Rus tilida – 184 nafar

 Tojik tilida – 55 nafar

 Qirg‘iz tilida – 39 nafar

 Boshqa tillarda – 2 nafar

 Mazkur ko‘rsatkichlar texnikumlar va politexnikumlarda ta’lim asosan davlat tilida olib borilayotganini hamda ta’lim jarayonida turli millat vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi.