01/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Marg‘ilon shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 4 365 tani tashkil etdi.

Shundan:

 Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 2 823 ta

 Yangi tashkil etilgan korxonalar – 191 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar soni:

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 22 ta

 Sanoat – 563 ta

 Qurilish – 180 ta

 Savdo – 1 003 ta

 Tashish va saqlash – 63 ta

 Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 129 ta

 Axborot va aloqa – 90 ta

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 91 ta

 Boshqa xizmat turlari – 682 ta

 Keltirilgan ma’lumotlar Marg‘ilon shahrida savdo sohasi yetakchi yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatadi. Savdo korxonalarining yuqori ulushi hududda tadbirkorlik faoliyati va iste’mol bozori rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.