Joriy yilning 26-iyun kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatov ishtirok etib, huquqiy sohadagi dolzarb yangiliklar yuzasidan ma’ruza qildi.

Seminarda joriy yilning 22-iyun kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyun kungi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1155-son qonunini tushuntirildi. Mazkur qonun bilan endlilikda O‘zi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmasdan 2 yil davomida intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilib, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar, Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga kiritiladi va qator cheklovlar joriy etiladi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son farmonining mazmun-mohiyati atrofilicha tushuntirildi. Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga, mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi berildi.
O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yana bir karra yetkazilib, sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Axborot xizmati



