02/07/2026

2026-yil yanvar–may oylari yakunlariga ko‘ra, Beshariq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 43 ta korxona va tashkilot tomonidan 101,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 121,2 foizni tashkil etdi.

 Shundan:

 Yirik korxonalar hissasiga – 8,8 mlrd so‘m

 Kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga – 45,5 mlrd so‘m

 Norasmiy sektor hissasiga – 47,2 mlrd so‘m to‘g‘ri keldi.

 Beshariq tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlarining salmoqli qismi kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa hududda qurilish sohasining izchil rivojlanib borayotganini va yangi bunyodkorlik ishlari ko‘lamining kengayayotganini ko‘rsatadi.