2026-yil yanvar–may oylari yakunlariga ko‘ra, Quva tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 79 ta korxona va tashkilot tomonidan 147,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 118,5 foizni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar hissasiga – 14,7 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga – 60,2 mlrd so‘m
Norasmiy sektor hissasiga – 72,8 mlrd so‘m to‘g‘ri keldi.
Quva tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlarining salmoqli qismi kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa hududda qurilish sohasining izchil rivojlanib borayotganini va yangi bunyodkorlik ishlari ko‘lamining kengayayotganini ko‘rsatadi.




