03/07/2026

 2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona viloyatidan xorijiy davlatlarga 4,3 ming tonna qashqar gilos eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 9,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrdagi eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 ming tonnaga kamaygan.

 Viloyatda yetishtirilayotgan qashqar gilos tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan eksportbop mevalardan biri bo‘lib, uning eksporti hududning tashqi savdo ko‘rsatkichlarida muhim o‘rin tutmoqda.