Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Toshloq tumanida faoliyat yuritayotgan 83 ta qurilish korxonasi va tashkiloti tomonidan jami 244,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 159,0 % ni tashkil etib, sohada ijobiy o‘sish kuzatilganini ko‘rsatadi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi quyidagicha shakllandi:
Yirik korxonalar – 36,2 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 132,7 mlrd so‘m
Norasmiy sektor – 75,2 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.




