06/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida Yozyovon tumanida faoliyat yuritayotgan 120 ta qurilish korxonasi va tashkiloti tomonidan jami 139,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,3 foizni tashkil etib, sohada barqaror o‘sish sur’atlari saqlanayotganini ko‘rsatdi.

 Qurilish ishlari hajmi tarkibi:

 Yirik korxonalar — 30,4 mlrd so‘m

 Kichik korxona va mikrofirmalar — 60,3 mlrd so‘m

 Norasmiy sektor — 48,3 mlrd so‘m

 Qurilish sohasidagi ijobiy o‘sish sur’atlari hududda infratuzilmani rivojlantirish, yangi obyektlarni barpo etish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.