06/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona shahrida 4 trln 663,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan barqaror o‘sish qayd etildi.

 Sanoat sohasidagi ijobiy natijalar ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Bu esa Farg‘ona shahri iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.