06/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida viloyatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 476,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,7 foizni tashkil etib, sohada barqaror o‘sish sur’atlari saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.

 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmining o‘sishi qurilish va uy-joy bozoridagi faollikning ortishi, investitsiya muhitining yaxshilanishi hamda mazkur sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengayib borayotganidan dalolat beradi.