Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Quvasoy shahrida 505,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi.
Hisobot davrida xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,4 foizni tashkil etdi.
Mazkur natijalar Quvasoy shahrida xizmatlar sohasining izchil rivojlanayotgani, tadbirkorlik faolligi ortib borayotgani hamda bozor xizmatlari hajmi barqaror o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.




