Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Qo‘shtepa tumanida 1 174,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Mazkur davrda sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida 238 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu esa hudud sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




