10/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Bag‘dod tumanida 479,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 111,4 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi qayd etildi.

 Ayni paytda Bag‘dod tumanida 274 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu esa hududning sanoat salohiyatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.