10/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohasidagi korxonalar tomonidan 230,8 mlrd so‘mlik mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Mazkur tarmoqda ishlab chiqarishning fizik hajmi indeksi 129,0 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli o‘sish qayd etildi.

 Tarmoq tarkibida:

-tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv ta’minoti xizmatlari hajmi 152,6 mlrd so‘m;

- chiqindi suvlarni olib tashlash, tashish va ularni qayta ishlash xizmatlari esa 18,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.