Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Rishton tumanida 624,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining o‘sish sur’ati 119,1 % ni tashkil etdi. Bu natija tumanda xizmatlar ko‘lami kengayib, iqtisodiy faollik hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmi izchil oshib borayotganini ifodalaydi.
Xizmatlar tarmog‘idagi ijobiy o‘sish tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va hudud iqtisodiyotining barqaror o‘sishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




