Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Bag‘dod tumanida 1 459 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Sanoat – 479,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. O‘sish sur’ati 111,4 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi – 498,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 117,0 % ga yetdi.
Savdo – chakana savdo aylanmasi 110,9 %, ulgurji savdo aylanmasi esa 104,1 % o‘sdi.
Qurilish – 250,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan:
yirik korxonalar – 10,1 mlrd so‘m;
kichik korxona va mikrofirmalar – 199,7 mlrd so‘m;
norasmiy sektor – 40,5 mlrd so‘m.
Bag‘dod tumanida sanoat, xizmatlar va savdo sohalarida kuzatilayotgan ijobiy natijalar hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.




