Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida 82,4 ming tonna meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 95,4 % ni tashkil etib, eksport hajmi 4,0 ming tonnaga kamaydi.
Shu bilan birga, hisobot davrida 70,9 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlari xorijiy bozorlarga yetkazib berildi. Eksport qiymati 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,2 % ga oshib, jami eksport hajmining 18,9 % ini tashkil etdi.
Mazkur natijalar eksport hajmi (tonna hisobida) biroz qisqargan bo‘lsa-da, meva-sabzavot mahsulotlarining qiymati ortgani va ularning tashqi bozordagi eksport salohiyati mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.




