16/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart holatiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, ularning soni 12 878 tani tashkil etdi. Shuningdek, sanoat sohasida 6 175 ta, boshqa xizmatlar sohasida 3 644 ta hamda yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 2 152 ta kichik korxona va mikrofirma faoliyat yuritmoqda.