16/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8 229,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko‘rsatkich viloyatda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 59,8 foizini tashkil etdi. Bu esa kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat tarmog‘ini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.