Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 786,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu jami qurilish ishlari hajmining 80,6 foizini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 124,4 foiz o‘sish qayd etildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Quvasoy shahrida – 98,6 foiz, Furqat tumanida – 98,2 foiz hamda Buvayda tumanida – 97,5 foizni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda qurilish sohasida kichik tadbirkorlikning o‘rni tobora mustahkamlanib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi.




