17/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Dang‘ara tumanida 510,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi.

 Hisobot davrida xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 116,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich tumanda xizmatlar sohasining jadal rivojlanib, iqtisodiy faollik va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

 Xizmatlar sohasidagi barqaror o‘sish tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.