17/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Furqat tumanida 280,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

 Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,2 % ni tashkil etib, tarmoqda ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi.

 2026-yil 1-iyun holatiga tumanda 159 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

 Mazkur natijalar Furqat tumanida sanoat tarmog‘i izchil rivojlanayotganini, ishlab chiqarish salohiyati va tadbirkorlik faolligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.