Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 80,0 mln AQSH dollari qiymatida mahsulot (ish va xizmatlar) eksport qilinib, bu umumiy eksport hajmining 45,2 foizini tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik eksportining umumiy eksportdagi ulushi Buvayda tumani, So‘x tumani, Yozyovon tumani hamda Marg‘ilon shahrida 100 foizni tashkil etib, ushbu hududlarda eksport to‘liq kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mazkur ko‘rsatkichlar kichik tadbirkorlikning eksport salohiyati ortib borayotgani hamda hududlar iqtisodiy rivojida muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi.




