17/07/2026

  
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1- iyun holatida So‘x tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 168 taga yetgan bo‘lib, bu hududda tadbirkorlik muhiti izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Yilning dastlabki besh oyi davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 59,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Sanoat tarmog‘ida fizik hajm indeksi 112,7 foiz bo‘lib, ishlab chiqarish sur’atlari o‘sishda davom etmoqda.

Tumanda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 308,0 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga oshdi.

Savdo sohasida ham ijobiy dinamika kuzatildi. Chakana savdo aylanmasi 105,6 foizga, ulgurji savdo aylanmasi esa 98,5 foizga o‘sdi.

Qurilish sohasida bajarilgan ishlar hajmi 57,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. O’sish sur’ati 104,3 foiz miqdorida qayd etilgan.