Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 355,6 mln AQSH dollari qiymatida mahsulot (ishlar va xizmatlar) import qilindi. Bu ko‘rsatkich viloyat jami import hajmining 81,7 foizini tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari importining jami importdagi ulushi Buvayda, So‘x, Toshloq, O‘zbekiston, Dang‘ara va Yozyovon tumanlarida 100 foizni tashkil etdi.
Ushbu natijalar kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi faolligi ortib borayotganini hamda hududlar iqtisodiyotini zarur mahsulot va resurslar bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatmoqda.




