Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston tumanida iqtisodiy rivojlanishning ijobiy sur’atlari saqlanib qoldi. Tumanda 1 734 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Hisobot davrida 621,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bozor xizmatlari hajmi 538,3 mlrd so‘mga yetdi. Shuningdek, chakana va ulgurji savdo, qurilish sohalarida ham yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilib, hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotgani tasdiqlandi.




