Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 33,3 mingta tijorat korxonasining 24,4 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich MChJlar tashkiliy-huquqiy shakl bo‘yicha eng katta ulushni egallayotganini va tadbirkorlar orasida eng ommabop biznes yuritish shakli ekanini ko‘rsatmoqda.
Mazkur holat viloyatda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini berayotganidan dalolat beradi.




