27/07/2026

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026-yil 30-yanvardagi 4-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 20–24-iyul kunlari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari uchun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi tomonidan 30 soatlik dastur asosida qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kurslari davomida ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.