Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 8 044,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Shundan:
quruqlikdagi va quvur transporti — 8 642,6 ming so‘m
ombor xo‘jaligi va yordamchi transport faoliyati — 7 296,9 ming so‘m
pochta va kuryerlik faoliyati — 3 093,4 ming so‘m miqdorida qayd etilgan.




