So‘nggi besh yil davomida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi izchil oshib bordi. Ushbu davrda investitsiyalar hajmi qariyb 3,8 barobarga ko‘paydi. Xususan, 2026-yil yanvar–iyun oylarida asosiy kapitalga 25,6 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,8 trln so‘mga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 146,7 % ni tashkil etdi.




