29/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Dang‘ara tumanida asosiy kapitalga 875,8 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar 83,6 % ulush bilan eng katta hissani tashkil etdi.

Investitsiyalarning qolgan qismi quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 Aholi mablag‘lari — 5,3 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 8,6 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 2,1 %

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,3 %

 Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi — 0,1 %